Prezident topshirig‘i: “2021 yilda 500 ming nafar yoshlar kasb-hunarga o‘qitiladi”

Jamiyat 4113
image

Bugun, 27 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida joriy yilda 500 ming nafar yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish zarurligi ta’kidlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri videoselektor yig‘ilishidan ma’lum qilmoqda. 

“Respublika ishchi guruhi oldiga qo‘yilgan muammolarning 60 foizi tadbirkorlik faoliyati va kasb-hunarga o‘qitish bilan bog‘liq.

Misol uchun, G‘uzor tumani, Pachkamar mahallasida istiqomat qiluvchi Adham Qurbonov (25 yosh) idish yuvish vositasi (gel) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, 15 nafar tengdoshini doimiy ish bilan ta’minlash istagini bildirgan.

Yoki, Ishtixon tumani, Beshkapa mahallasida yashovchi Xayriniso Sulaymonova (21 yosh) tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaradigan sex ochib, 10 nafar yosh xotin-qizlarni doimiy daromad bilan ta’minlamoqchi. Mana qanday yoshlarimiz bor!”, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
 

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 87
Reyting: 3.1
t
×