Prezident Termiziy maqbarasini ziyorat qildi

Jamiyat

image

Bugun, 16 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dastlab buyuk olim Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qilgan. U yerda Qur’on oyatlari tilovat qilinib, Allohdan O‘zbekistonga tinchlik, farovonlik tilab duo o‘qilgan.

“Ulamolar bilan suhbatda bugun dunyoda turli nizo va urushlar bo‘layotgani, begunoh insonlar qoni to‘kilayotgani afsus bilan qayd etildi. Bu yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik qadrini yanada teran anglatib, insonda shukronalik ruhini uyg‘otadi. Bu ne’matlar ahamiyatini, Termiziy kabi bobolarimiz ilm-ma’rifatini yoshlarga yetkazish muhimligi ta’kidlandi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, shu masalalar bo‘yicha Termizda ilmiy konferensiya o‘tkazish taklifi ham bildirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Hakim at-Termiziy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing