Prezident tashrifidan keyin Uchtepa tuman hokimi lavozimidan ozod qilindi
Jamiyat
−
11 may 2019
9250Toshkent shahar Uchtepa tuman hokimi Shuhrat Otamuhamedov vazifasidan ozod qilindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga poytaxt ma’muriyatidan ma’lum qilishdi.
Bundan tashqari, tumanning ikkita sektori rahbari – davlat soliq inspeksiyasi va IIO FMB rahbari ham lavozimidan ozod qilingan.
Shuhrat Otamuhamedov Uchtepa tumani hokimi vazifasiga bir yil avval 2018 yil may oyida tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz, 10 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani rahbariyati, mahalla raislari, ziyolilar va mas’ul shaxslari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Prezident tumanda sanoat ishlab chiqarishi Toshkent shahri ko‘rsatkichidan 2 barobar kamligi, boshqa sohalar ham eng past darajada ekanini ko‘rsatib o‘tgandi.
LiveBarchasi