Prezident tashabbusli byudjet loyihalarining buyurtmachilarini belgilab berdi
Jamiyat
−
17 noyabr 2022
7984Endilikda tashabbusli byudjetlashtirish asosida amalga oshiriladigan qurilish ob’ektlari yo‘nalishiga ko‘ra ma’lum tashkilot tomonidan buyurtma qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish loyihalarini amalga oshirishda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, ochiqlik va shaffoflikni yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Ushbu qarorga ko‘ra, quyidagilar tashabbusli byudjetlashtirish doirasidagi qurilish ob’ektlari bo‘yicha buyurtmachilar etib belgilandi:
• ichki yo‘llar – Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining buyurtmachi tashkilotlari;
• ichimlik suv ta’minoti – “Suv ta’minoti va oqova suv ob’ektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” unitar korxonasi;
• elektr energiyasi, gaz ta’minoti va aloqa tarmoqlari – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ va “O‘zbektelekom” AK;
• ijtimoiy soha ob’ektlari, mahalla idoralari, obodonlashtirish, tungi yoritish va boshqa ob’ektlar – hududiy “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari.
Hozirda buyurtmachi sifatida ob’ektlarni saqlovchi organlar (misol uchun, hududiy ta’lim bo‘limlari) belgilangan bo‘lib, ular qurilish-ta’mirlash ishlarini boshqarish va texnik jihatdan nazorat qilish imkoniyatiga ega emas.
LiveBarchasi