Prezident tadbirkorlar uchun xushxabar aytdi

Jamiyat

image

Endilikda O‘zbekistonda yer va mulk ajratish haqidagi qarorlarni faqat sud bekor qilishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot davomida aytib o‘tdi.

Preziyednt tadbirkorlarning mulk huquqini himoya qilish masalasiga to‘xtalib, bundan buyon yer va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilish faqat va faqat sud tartibida amalga oshirilishini qayd etdi.

“Fursatdan foydalanib, barcha hokimlarning e’tiborini bir masalaga qaratmoqchiman – mulk huquqiga oid qarorlarni ular tomonidan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Ya’ni, huquq beruvchi hujjatni faqat sud haqiqiy emas, deb topishi mumkin bo‘ladi. 

Shuningdek, Prezident tadbirkorlarni qiynayotgan yana bir amaliyot – tergov jarayonida mol-mulkni xatlab qo‘yishga ham to‘xtalib o‘tdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan 3 yilda tergovchilar tomonidan aniqlangan zarardan ikki barobar ko‘p mol-mulk xatlangan (1,5 trillion so‘m).

Endi, har bir xatlovning asosli ekani sud tomonidan ko‘rib chiqiladi, qarorni faqat sud qabul qiladi. 

“O‘ylaymanki, shundagina adolat bo‘ladi”, degan davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

494

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing