Prezident Shavkat Mirziyoyev BAAdan Toshkentga yetib keldi
Jamiyat
−
28 mart 2019
6512Bugun, 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi va Prezident Toshkentga yetib keldi.
Avval xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 24 mart kuni davlat tashrifi bilan Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketgan edi.
Ta’kidlash joizki, Shavkat Mirziyoyev prezidentlik faoliyati davomida ilk bor BAAga amalga oshirgan tashrifi samarali bo‘ldi. Tashrif davomida bir qancha ikki tomonlama manfaatli shartnomalar tuzildi. Bu borada oldinroq, jami qiymati 10 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kelishuvlarga erishilgani haqida ma’lum qilgan edik.
Bundan tashqari, Prezident Mirziyoyev BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan ham uchrashgan edi. Dubay amiri bilan qo‘shma investitsion kompaniya tashkil etish to‘g‘risida shartnoma, Samarqand shahri infratuzilmasini modernizatsiya qilish va zamonaviy agroklaster tashkil etish to‘g‘risida bitimlar, qishloq xo‘jaligi va logistika sohalarida hamkorlik qilish bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar imzolangandi.
LiveBarchasi