Kaspiyning tagida bor narsa Orolning tagida ham bor – Mirziyoyev

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 1 fevral kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasida olimlar, yosh tadqiqotchilar, ishlab chiqarish vakillari va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan o‘tgan uchrashuvda ular oldiga bir qator talablarni qo‘ydi. 

Davlat rahbarlari olimlarning faoliyati, ilmiy izlanishlari, tadqiqotlari va ixtirolarisiz hech bir sohada o‘zgarish bo‘lmasligini ta’kidladi. 

“Sizlarsiz birorta sohada rivojlanish yo‘q. Bir-birimizga hurmatimiz baland bo‘lishi uchun xalqqa munosib xizmat qiladigan vaqt keldi. To‘g‘ri, kamchilik ko‘p, lekin biz og‘ir paytda yashayapmiz. Endi tetapoyadek, hamma soha bo‘yicha oyoqqa turyapmiz”. 

Davlat rahbari so‘zida davom etib, oxirgi yillarda geologiya sohasida yangilik qilinmaganini qayd etdi. U bu haqda gapirarkan, Ozarbayjon Kaspiy dengizi ostidan neft topganidek, o‘zbekistonlik olimlar ham izlansa, Orolning tagidan neft topishiga ishonishini aytdi. 

“Mana, geologiya sohasi bo‘yicha oxirgi 20 yilda kim ilmiy natijalari bilan buyuk Abdullayevlarga teng bo‘lib, natija qildi? Bormi? Ming afsus. Bir narsani hamma geologlar bilsin: Kaspiyning tagida bor narsa Orolning tagida ham bor. Men bunga ishonaman. Lekin shu vaqtgacha birov bu bilan shug‘ullanmadi. Bor uning tagida. Millat uchun yetadi. Geologiyasiz sanoatni rivojlantirish doktor UZIsiz operatsiya qilishi bilan teng. Bu oddiy tilda tushuntirganda...”, deydi Prezident. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev geologiya

Baholaganlar

636

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing