Prezident Senat Raisligiga yana Tanzila Norboyeva nomzodini ko‘rsatdi
Jamiyat
−
19 noyabr
2701Bugun, 19 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida Senat Raisi va uning o‘rinbosarlarini saylash to‘g‘risidagi tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga senator Tanzila Norboyeva nomzodini taqdim etgan.
Tanzila Norboyeva davlat va jamoat boshqaruvida boy tajribaga ega ekani, o‘tgan davrda shu lavozimdagi samarali faoliyati natijasida mamlakatda xotin-qizlar, bolalar huquqlarini ta’minlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vaziyat sezilarli ravishda yaxshilangani ta’kidlangan.
Shuningdek, Senat Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga senator Sodiq Safoyev, Senat Raisining o‘rinbosari lavozimiga senator Amanbay Orinbayev nomzodi tavsiya etilgan.
Ma’lumot uchun, Tanzila Norboyeva 1956 yilda Andijonda tug‘ilib, 70-yillar o‘rtalarida Toshkentga kelgan. U 1981 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 1975-1995 yillari Toshkent shahrida maktab o‘qituvchisi, direktor o‘rinbosari va Toshkent shahar o‘quvchilar uyi direktori, keyinchalik turli darajadagi davlat organlarida mas’ul lavozimlarda ishlagan.
1995-2010 yillari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, kotibiyat mudiri, Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish majmuasi rahbari, kotibiyat mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi lavozimlarida, 2010-2016 yillari O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi lavozimida ishlagan.
2016 yildan 2019 yilning 21 iyuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2019 yildan beri u Oliy Majlis Senati raisi sifatida ishlab kelmoqda.
Oilali, 2 nafar qiz farzandi bor.
LiveBarchasi