Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish sanasi e’lon qilindi
Jamiyat
−
04 Oktabr 2021
5831Joriy yilning 14-20 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish o‘tkaziladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 31-moddasiga muvofiq, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
“Saylov kuni istiqomat joyida bo‘lish imkoniga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z istiqomat joyidagi uchastka saylov komissiyasidan saylov varaqalarini talab qilib olishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar xususida qarorga kelishi hamda to‘ldirilgan saylov varaqalarini konvertga yashirgan holda uchastka komissiyasiga qoldirishi mumkin. Saylovchi saylov varaqasini olganligi haqida saylovchilar ro‘yxatiga imzo chekadi. Saylov varaqasining nusxasini Markaziy saylov komissiyasi belgilaydi”, deyiladi qonunda.
Muddatidan oldin ovoz berish uchun saylovchi sababini ko‘rsatgan holda tegishli saylov uchastkasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Ma’lumot uchun, Prezident saylovi joriy yilning 24 oktyabr kuni o‘tkaziladi.
LiveBarchasi