Prezident Rimga yetib bordi
Jamiyat
−
07 iyun 2023
8536Bugun, 7 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Rim shahriga bordi.
Italiya poytaxtining “Fyumichino” aeroportida O‘zbekiston yetakchisining tashrifi munosabati bilan ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarilgan va faxriy qorovul saf tortgan.
Shavkat Mirziyoyevni Italiya Mudofaa vaziri Gvido Krozetto va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.
Ma’lumot uchun, tashrifning asosiy voqealari ertaga, 8 iyun kuni boshlanadi. Mirziyoyev Italiya Prezidenti Serjo Mattarella va Bosh vaziri Jorjia Meloni bilan muzokaralar olib borishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi