Prezident Rayyona Ibrohimovani mukofotladi

Jamiyat

image

2024 yilda Germaniyaning Gyottingen shahrida o‘tkazilgan Butunjahon nemis tili olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan andijonlik Rayyona Ibrohimova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

30 iyun – Yoshlar kuni munosabati o‘zining yuksak azmu shijoati, ijodiy va intellektual salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, halol va samarali mehnati, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan mamlakat taraqqiyotiga, uning xalqaro obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, ona vatanga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan quyidagi tashabbuskor va yetakchi yoshlar bilan bir  qatorida Andijon shahridagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Rayyona Nodirbek qizi Ibrohimova “Kelajak bunyodkori” medaliga loyiq ko‘rilgan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning 15-22 iyul kunlari Germaniyaning Gyottingen shahrida Butunjahon nemis tili olimpiadasi bo‘lib o‘tgan. Unda 62 ta davlatdan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 100 nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etgan. Uch yo‘nalish (A2, B1 va B2)da o‘tkazilgan bellashuvda o‘zbekistonlik – Andijon shahridagi 4-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Rayyona Ibrohimova B1 daraja yo‘nalishida oltin medal sohibi bo‘lgan. 

Oddiy o‘qituvchilar oilasidan chiqqan qiz shu davrgacha ko‘plab musobaqalarda ishtirok etgan, biroq omadsizlikka uchragandi. U QALAMPIR.UZ’ga bergan intervyusida “Zulfiya” mukofotini olish armon bo‘lib qolganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rayyona Ibrohimova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing