Prezident Rahmonaliyev jamoasiga qarib 35 mlrd so‘m ajratdi
Sport
−
18:08 1002 1 daqiqa
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Umarali Rahmonaliyev to‘p suradigan “Sabah” klubiga 5 million manat (taxminan 34,78 milliard so‘m) moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida farmoyishni imzoladi. Bu haqda AZERTAC xabar berdi.
Agentlikning xabar berishicha, “Sabah”ning UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichiga chiqishi munosabati bilan klubga Prezident byudjetdan 5 million manat ajratadi. Moliya vazirligiga belgilangan mablag‘ni ajratish topshirilgan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasiga farmoyishdan kelib chiqadigan masalalarni hal etish vazifasi yuklatilgan.
Qayd etish joiz, “Sabah” o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo‘llanma oldi. Baku klubi pley-off bosqichida Isroilning “Xapoel Beer-Sheva” jamoasini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 6:4 hisobida mag‘lub etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Sabah”ning Chempionlar ligasi asosiy bosqichiga olib chiqqan hal qiluvchi o‘yinda Umarali Rahmonaliyev jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilgani haqida xabar berilgandi.