Prezident Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Bakuga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi xabar berdi. 

Avval ma’lum qilinganidek, 23-24 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan tadbir kun tartibidan dastur doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, mintaqaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Maqsadli fond tashkil etish, transport yo‘laklarini raqamlashtirish uchun “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish, ishbilarmonlik tashabbuslarini ilgari surish va boshqa masalalar o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun, BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) 1998 yil 26 mart kuni mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish hamda ularning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga ko‘maklashish maqsadida Toshkent deklaratsiyasiga muvofiq ta’sis etilgan.

Ishtirokchi davlatlar – O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon Boku SPEKA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing