Tramp betob bo‘lib qoldimi? Kutilmagan tibbiy ko‘rikdan odamlar xavotirda

Olam

image

O‘tgan hafta oxirida AQSH Prezidenti Donald Tramp Merilend shtatidagi Uolter Rid klinikasida tibbiy ko‘rikdan o‘tgani ma’lum qilindi. Biroq tibbiy ko‘rik avvaldan rejalashtirilmagani haqidagi xabarlar, Trampning betob ekani haqida mish-mishlar tarqalishiga sabab bo‘ldi.

Mish-mishlar ortidan Oq uy bosh shifokori Shon Konli Donald Tramp salomatligidan shikoyat qilmagani va sog‘-salomat ekanini ma’lum qildi. Klinikadagi tekshiruv avvaldan rejalashtirilgan bo‘lgan.

“Prezidentning ko‘ksida hech qanday og‘riq yo‘q. Salomatlikdagi muammolar sababli hech qanday shoshilinch tekshiruv va muolaja ham bo‘lmadi”, deydi bosh shifokor. Konlining so‘zlariga ko‘ra, bu odatiy, rejali tekshiruv bo‘lgan.

Uolter Rid klinikasidagi tibbiy ko‘rik ham Trampning mutlaqo sog‘lom ekanini ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp

Baholaganlar

119

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing