Prezident Olimpiada g‘olib va sovrindorlarini davlat mukofoti bilan taqdirladi

Sport

image

Bugun, 13 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokio Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.

Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyevning “Tokio Olimpiadasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz hamda ularning murabbiylari davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni o‘qib eshittirildi.

Farmonga muvofiq, boks bo‘yicha superog‘ir vazn toifasida Olimpiya chempioni Bahodir Jalolov “Fidokorona xizmatlari uchun”ordeni, taekvondo bo‘yicha 68 kg vaznda Olimpiya chempioni Ulug‘bek Rashidov va og‘ir atletikaning 109 kg vazn toifasida Olimpiada rekordchisi Akbar Jo‘rayev “O‘zbekiston iftixori” medali bilan taqdirlandi.

Erkin kurash bo‘yicha Olimpiada bronza medali sohibi Behzod Abdurahmonov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” unvoni, dzyudo sportida Olimpiya o‘yinlarida bronza medalni qo‘lga kiritgan Davlat Bobonov “Shuhrat” medaliga munosib ko‘rildi. 

Shuningdek, sportchilarning murabbiylari va Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan ishtirokchilarga pul mukofotlari taqdim etildi.

Ma’lumot o‘rnida, Tokio Olimpiadasidagi ishtiroki hamda O‘zbekiston gimnastikasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Oksana Chusovitinaga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Shavkat Mirziyoev Bahodir Jalolov Davlat Bobonov Ulug'bek Rashidov Akbar Jo'raev Behzod Abdurahmonov

Baholaganlar

274

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing