Prezident OKMK ishchilari bilan suhbatlashdi
Olam
−
16 mart 2474 1 daqiqa
Bugun, 16 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida barpo etilgan mis konsentratini filtrlash korpusida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
3-mis boyitish fabrikasi tarkibidagi korpus yiliga 917 ming tonnaga yaqin mis konsentrati ishlab chiqarish quvvatiga ega. Zamonaviy sanoat press-filtrlari, nasos agregatlari, shlam va suv aylanma tizimlari o‘rnatilgan. Uskunalar xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarilgan bo‘lib, yuqori samaradorlik va energiya tejamkorligi bilan ajralib turadi.
Ayni vaqtda qurilish ishlari to‘liq yakunlanib, korpusda umumiy 5 ta press-filtrdan 3 tasi to‘liq ishga tushirilgan, yana 2 tasi ishga tushirishga hozirlanmoqda.
Filtrlash korpusida flotatsiya jarayonidan kelgan mis konsentratini qabul qilish, konsentratni quyultirish va filtrlash, tindirilgan suvni ajratish va qayta ishlab chiqarishga qaytarish, tayyor mis konsentratini saqlash yoki keyingi qayta ishlash bosqichiga uzatish kabi texnologik jarayonlar amalga oshiriladi.
Bugungi kunda bu yerda 130 nafarga yaqin ishchi mehnat qilmoqda.
Davlat rahbari ish jarayoni va tayyor mahsulotni ko‘zdan kechirdi, xodimlar bilan suhbatlashdi.
Prezident ishtirokida shu yerning o‘zida mis konsentratidan namunalar olish marosimi o‘tkazildi. Namunalar 2 ta alohida idishga solinib, Olmaliq kombinati muzeyi va Toshkentdagi davlat geologiya muzeyiga yuborilgan.
Live
Barchasi