Prezident Nukusdagi Opera va baxshichilik maktab-internatini borib ko‘rdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 2 oktyabr kuni Nukus shahridagi Opera va baxshichilik maktab-internatini borib ko‘rdi.

Ma’lumki, qoraqalpoq elining o‘ziga xos baxshichilik yo‘nalishi bor. Mustaqillik yillarida bu yerda opera ham rivojlandi. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq baxshilari, xizmat ko‘rsatgan artistlar yetishib chiqdi.

Opera va baxshichilik maktab-internati ushbu an’anani davom ettirish, yosh avlodga yetkazishga xizmat qiladi. Mazkur ixtisoslashtirilgan ta’lim maskani o‘tgan oyda ishga tushirildi. Muassasa 150 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unga 9 sinfni bitirgan iqtidorli o‘quvchi yoshlar tanlov asosida qabul qilinadi. Hozirda 30 nafar o‘g‘il-qiz o‘qishni boshladi. Ularga taniqli san’at ustalari va pedagoglar saboq bermoqda.

“Bunday maktablarni tashkil etishimizdan asosiy maqsad – tariximizni, madaniyatimizni chuqur o‘rganish, o‘zligimizni anglash. Baxshichilik – qoraqalpoq elining ulug‘ an’anasi, uni rivojlantirish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz”, dedi davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Opera san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Nukus

Baholaganlar

44

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing