Prezident Mirziyoyev hafta o‘rtasida Tojikistonga safar qiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 16-17 sentyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Tashkilot o‘zining 20 yilligini nishonlaydi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Asadovga ko‘ra, sammitning birinchi kuni, 16 sentyabrda davlat rahbari tashkilotga raislik qilayotgan Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan, 17 sentyabr kuni esa Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. 

17 sentyabr kuni esa davlat rahbarlarining yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yig‘ilish yakunida SHHTga raislik Tojikistondan O‘zbekistonga o‘tadi. 

Shuningdek, Dushanbeda yangi formatdagi “Shanxay hamkorlik tashkiloti — Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda tomonlar Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladilar.

Bundan tashqari, hafta davomida Prezident huzurida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid taqdimotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, Dushanbeda SHHT va KXSHTga a’zo davlatlar rahbarlari ilk bor Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha muhokama o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

62

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing