Prezident Mirziyoyev OKMKda qancha oltin qazib olinganini aytdi
Jamiyat
−
29 iyul 2021
6898Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining “Yoshlik-1” konini borib ko‘rgani haqida xabar bergandik.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining yangi mis boyitish fabrikasi qurilishini boshlash marosimida nutq so‘zladi.
“Vatanimiz Mustaqilligining 30 yilligi arafasida ezgu niyatlar bilan mana shunday ulkan loyihani amalga oshirishga kirishmoqdamiz. Bu muhim voqea nafaqat ushbu kombinat hayotida, balki mamlakatimiz sanoati tarixida yangi davr boshlanayotganidan yaqqol dalolat beradi”, deydi davlat rahbari.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, kombinat tashkil etilganidan buyon o‘tgan 70 yillik davr mobaynida bu yerda 1,5 milliard tonna ruda qazib olinib, 6 million tonnadan ortiq mis, 3,5 ming tonna kumush va 850 tonna oltin ishlab chiqarilgan.
“Bugungi kunda qariyb 40 ming nafar ishchi-xizmatchi mehnat qilayotgan Olmaliq kombinati mamlakatimiz sanoatining chinakam lokomotivlaridan biriga aylangan. Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 7 foizi, eksport hajmining 15 foizi kombinat hissasiga to‘g‘ri kelishi ham bu fikrimizni tasdiqlaydi.
Shu borada yana bir muhim raqamga e’tiboringizni qaratmoqchiman: davlatimiz byudjetiga tushadigan jami daromadlarning 8 foizini aynan ushbu korxona ta’minlaydi. Ayniqsa, keyingi yillarda kombinat faoliyati yuksak darajaga ko‘tarilib, mis ishlab chiqarish hajmi 1,5 barobarga ko‘paygani va 150 ming tonnaga yetkazilgani alohida tahsinga sazovordir”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
LiveBarchasi