Prezident Mirziyoyev Manguberdi majmuasiga bordi

Jamiyat

image

Bugun, 22 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi majmuasining qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Bu boradagi loyiha Prezidentning viloyatga avvalgi tashrifi chog‘ida ko‘rib chiqilgan, mutaxassislar fikrlari asosida takomillashtirilgan edi. Majmua shaharning Al-Xorazmiy va Islom Karimov ko‘chalari kesishmasidagi qariyb 8 gektar maydonda bo‘ladi. Bugungi kunda haykalning asosi qurilmoqda. Bronzadan Jaloliddin Manguberdining ot ustida qilich tutib turgan haykali yasalagan. Uning asosi bilan birga jami balandligi qariyb 25 metr bo‘lib, uzoqdan ham ko‘rinib turadi.

Davlat rahbari majmua mazmunini boyitish, sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

“Bu yer bilim, ma’naviyat, g‘urur maskani bo‘lishi kerak. Kelganlar aylanib, hordiq chiqarishi bilan birga Manguberdi bobomiz hayotini yaqqol tasavvur qilishi, bundan ruh olishi kerak. Xiyobon bo‘ylab uning janglari, qahramonliklari haqida lavhlar yozib qo‘yish mumkin. Bu tarixni va chet tillarini yaxshi bilgan gidlar tayyorlash ham zarur”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab qurilgan yerosti yo‘lini ham ko‘zdan kechirdi.

Qurilish ishlari bitgach, hudud obodonlashtirilib, manzarali daraxtlar ekiladi, favvoralar barpo etiladi. Piyodalar va velosiped yo‘laklari, turizm xizmatlari tashkil etiladi.

Majmuani ekspluatatsiya qilishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bu yerda bayram tadbirlari,  festivallar o‘tkazish uchun ham sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing