Prezident maslahatchisi o‘rinbosari “Xalq banki” raisi lavozimiga tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Shuhrat Xoldarovich Otaboyev aksiyadorlik tijorat "Xalq banki" Boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

Bank Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu paytgacha Boshqaruv Raisi vazifasida ishlagan Farhod Salomov esa boshqa ishga o‘tkazilgan.

Shuhrat Otaboyev 1978 yilda tug‘ilgan. Dastlab Toshkent moliya instituti, keyinchalik Yaponiyaning Siyosiy fanlar Milliy instituti hamda Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1995 yil Navoiy viloyatidagi 14-o‘rrta maktabda ingliz tili o‘qituvchiligidan boshlagan. 1998 yildan boshlab Toshkent davlat texnika universiteti “Kamolot” jamoat markazida bosh hisobchi bo‘lib faoliyat yuritgan.

2001-2012 yillarda O‘zbekiston Markaziy bankida turli lavozimlarda mehnat qilgan. 2015-2017 yillarda AT “Xalq banki” Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari, 2017-2018 yillarda O‘zbekiston Markaziy banki Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari, 2018-2021 yillarda “Ipoteka bank” ATB Boshqaruvi Raisi lavozimlarida ishlagan. Joriy yil fevral oyidan buyon esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari vazifasida mehnat qilib kelayotgan edi. 

Bugun, 21 iyul kuni yangi rahbar "Xalq banki" jamoasiga tanishtirildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi Mamarizo Nurmuratov hamda Moliya vaziri Timur Ishmetov ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

182

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing