Prezident mashinasozlik sanoati bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda so‘nggi to‘rt yilda avtomobil eksporti 1,8 barobarga oshgan. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022 yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘z bordi.

Yig‘ilishda so‘nggi to‘rt yilda tarmoqni transformatsiya qilish boshlanib, “O‘zavtosanoat”ga xorijiy mutaxassislar olib kelingani ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, xorijiy kompaniyalar ishtirokida yangi korxonalar tashkil etish va aksiz solig‘ini bekor qilish orqali sohada raqobat muhiti yaratilgan.

Natijada o‘tgan to‘rt yilda avtomobil ishlab chiqarish hajmi 1,8 barobarga, tarmoq eksporti esa 2,7 barobarga oshgan. Shuningdek, 2,6 ming turdagi butlovchi qismlarni ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan.

Shuningdek, “UzAuto Motors” “Fitch Ratings” va “Standart and Poor’s” xalqaro agentliklaridan  “barqaror” kredit reytinglarini olib, xalqaro moliya bozorida 300 million dollarlik yevrobond joylashtirgan.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilishda odamlar pulini to‘lab qo‘yib mashinasini ololmayyotganini tanqid qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

508

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing