Prezident maktablarining asosiy vazifalari belgilandi
Jamiyat
−
21 fevral 2019
6232Xabaringiz bor, kecha, 20 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasasi shaklidagi Prezident maktablari tashkil etiladi.
Quyidagilar Prezident maktablarining asosiy vazifalari etib belgilanmoqda:
• iqtidorli bolalarni aniqlash, tanlash va o‘qitish, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, o‘quvchilarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini ochib berish;
• tabiiy va aniq fanlarni chuqur o‘rganish, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishni tashkil qilish, o‘quvchilarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
• o‘quvchilarni o‘qitish va ular bilimini baholashning zamonaviy uslublarini, shuningdek, ta’lim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan o‘qitishning fanlararo yondashuvini joriy qilish va keyinchalik ijobiy tajribani respublika xalq ta’limi tizimiga tatbiq etish;
• o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularda yetakchilik ko‘nikmalari va notiqlik san’atini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash malakasini oshirish;
• o‘quvchilarning umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarda munosib ishtirokini ta’minlash;
• o‘quvchilarda vatanparvarlik va Vatanga muhabbat tuyg‘usini, bag‘rikenglik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatni, hayotga qat’iy ishonch va qarashlarni shakllantirish;
LiveBarchasi