Prezident “Maxsustrans” faoliyatidan qoniqmayapti

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda chiqindilarni qayta ishlash tizimidan umuman qoniqmayapti. Bu haqda davlat rahbarining o‘zi bugun, 8 fevral kuni Sergelida tuman faollari bilan o‘tkazgan yig‘ilishida aytib o‘tdi. 

Uchrashuvda poytaxtda chiqindi bilan ishlash masalalariga ham to‘xtalib o‘tilgan.

Toshkent shahrida yiliga 700 ming tonna chiqindi hosil bo‘lishi bilan, bugungi kunda bor-yo‘g‘i 18 foizi qayta ishlanmoqda.

Chiqindilarni saralab yig‘ish bo‘yicha qilinayotgan ishlar ham mutlaqo qoniqarsizligi ta’kidlangan.

Yig‘ilishda “Maxsustrans” faoliyatini isloh qilish, uning moliyaviy ahvolini yaxshilash zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Mutasaddilarga shahar chiqindisini qayta ishlashni kamida 50 foizga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Maxsustrans

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing