Prezident ko‘chma savdo faoliyatiga doir qarorni imzoladi

Jamiyat

image

Kecha, 4 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘chma savdo faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish va savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi

Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 dekabrdan:

•    ko‘chma savdo faoliyati tadbirkorlar tomonidan ko‘chma savdo ob’ektlarini elektron tarzda “K – SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im undirilmaydi;

•    ko‘chma savdo joyi (xususiy mulkdorlarga tegishli joylardan tashqari) ko‘chma savdo ob’ektlarining joylashish sxemalari bo‘yicha “K – SAVDO” AAT orqali elektron auksionda sotiladi.

Bunda, auksionning boshlang‘ich narxi tegishli tuman (shahar)dagi yer uchastkasining yer solig‘i miqdorida belgilanadi. 

Auksion g‘olibi tomonidan ko‘chma savdo joyining qiymati to‘liq to‘langanidan so‘ng unga “K – SAVDO” AAT orqali avtomatik ravishda QR-kod qo‘yilgan guvohnoma beriladi hamda u mazkur joydan 36 oy muddatga foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda ko‘chma savdo joyidan foydalanish bo‘yicha shartnoma tuzish talab etilmaydi.

Bundan tashqari, qarorga ko‘ra:

•    savdo avtomatlariga nisbatan nazorat-kassa texnikalaridan majburiy foydalanish talabi tatbiq etilmaydi;
•    sotadigan tovarlari va (yoki) ko‘rsatadigan xizmatlari turidan qat’i nazar bunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar chakana savdo sohasidagi soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

224

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing