Rossiya Belarus bilan chegarani qisman yopdi
Olam
−
16 mart 2020
6336Rossiya hukumati Belarus bilan chegarasini odamlar o‘tishi uchun yopishga qaror qildi. Bu haqda RF Bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qildi. Shu tariqa Rossining Ozarbayjon va Finlyandiya bilangina quruqlik chegarasi ochiqligicha qolmoqda.
“Biz bundan keyin ham mamlakatamizga yangi tahdidning ommaviy tarzda yoyilib ketmasligi uchun favqulodda choralar ko‘rishda davom etamiz”, degan Mishustin.
RF Bosh vaziri Mishustin bu masalada Belarus hukumati rahbari Sergey Rumas bilan telefon orqali suhbatlashgan. Suhbatda yuklarning Belarusdan tranzit orqali RFga o‘tishi masalasi muhokama qilingan.
Belarus Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Isayev rasmiy Minsk fuqarolari ortga qaytishi uchun barcha choralarni ko‘rishini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq 63 ta holat qayd etilgan. Shunday 8 nafar bemor davolangan. Belarusda esa 36 kishida koronavirus aniqlangan, ularning 3 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr