Prezident xorijdan nega qarz olganiga izoh berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot vaqtida tashqi qarz masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

“Tushunmagan odamlar aytyapti: “Prezident tashqaridan pul oldi, qarz ko‘paydi”. Prezident ertani o‘ylab qiladi-ku.

Kambag‘alga uylar, shuncha qurilishlar, suv, tibbiyot, maktabgacha ta’lim bo‘larmidi?! O‘tirar edik hammamiz zo‘r ekanmiz deb, yoshlarimizni o‘qitmasdan. Shuning uchun kim nima desa, deyaveradi, yo‘limiz to‘g‘ri. Yana bir marta aytyapman, men sizlardan ham o‘rganaman”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda. Hozirda Prezident korrupsiya va elektr energiyasi muammosi haqida gapirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

752

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing