Prezident Xorazm va Surxondaryo viloyati sudlariga raislar tayinladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev“O‘zbekiston Respublikasi ayrim sudlariga sudyalarni lavozimlarga tayinlash to‘g‘risida”gi farmoyishga imzo chekdi.

O‘zAning ma’lum qilishlaricha, viloyat sudlaridan uchtasiga raislar tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasi 14-bandi hamda “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddalariga muvofiq, Ilyos Ibrohimovich Teshayev sudyalik lavozimida bo‘lishning o‘n yillik davriga, besh yil muddatga Xorazm viloyati iqtisodiy sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

OtabekNapasovich Matkarimov sudyalik lavozimida bo‘lishning o‘n yillik davriga, besh yil muddatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Bahodir Itolmasovich Jumayev sudyalik lavozimida bo‘lishning o‘n yillik davriga, besh yil muddatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.


Maqola muallifi

Teglar

sud tayinlov

Baholaganlar

115

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing