Prezident xom mevalarni eksportga chiqarayotganlarni tanqid qildi

Jamiyat

image

Xorijdagi savdo tarmoqlari minglab tonna O‘zbekiston mahsulotini xom holatda yetkazib berilgani uchun qabul qilmagan. Bu haqda bugun, 30 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi. 

Yig‘ilishda eksport 21 ta tumanda o‘tgan yilga nisbatan 70 foizga ham yetmagani ko‘rsatib o‘tilgan. Bu tumanlarda 80 ming gektar paxta va g‘alla ekilmaydigan maydon, yana 55 ming gektar tomorqa yeri bor. Ushbu 21 ta tuman hokimiga viloyat hokimlari bilan birgalikda bu borada o‘zgarish qilish bo‘yicha aniq rejalarni tuzish topshirildi.

“Mahsulotlarimiz sifatli va shirin bo‘lgani uchun tashqi bozorlarda “O‘zbekistonda yetishtirilgan” brendi shakllangan”, deydi davlat rahbari.

Lekin ayrim “chaqqon” savdogarlar hammadan oldin qimmatroq sotishni ko‘zlab, xom mevani eksportga chiqarayotgani tanqid qilindi. Oqibatda xorijdagi savdo tarmoqlari minglab tonna O‘zbekiston mahsulotini xom holatda yetkazib berilgani uchun qabul qilmagan.

Oqibatda O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlar tashqi bozorda o‘z o‘rnini yo‘qotishi mumkinligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda soha mas’ullari ob-havoni bahona qilavermasdan, sharoitga moslashib, issiq va sovuqqa, suvsizlikka chidamli mahsulotlar yetishtirishga o‘tishi zarur ekanini ham aytib o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev eksport xom meva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing