Prezident Xayrulla Sa’diyevni 80 yoshni qarshilagani munosabati bilan mukofotladi
Madaniyat-san’at
−
06 dekabr 2020
22027Bugun, 6 dekabr kuni O‘zbekiston xalq artisti, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi, Xayrulla Sa’diyev Prezidentning farmoniga muvofiq "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Xayrulla Sa’diyevning 80 yoshga to‘lgani munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tgan. Ustoz san’atkorga aynan mana shu tadbirda unvon topshirilgan.
Tadbirda Prezidentning fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, “O‘zbekkino” MA Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda san’at va madaniyat sohasi ziyolilari ishtirok etgan.
Ma’lumot o‘rnida, Xayrulla Sa’diyev 1940 yil 6 dekabrda Toshkentda tavallud topgan. U 1963 yil O‘zbekiston davlat teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan. U 1980 yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 1990 yil O‘zbekiston xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan. 2005 yil esa "Mehnat shuhrati" ordenining sohibi bo‘ldi.
Xayrulla Sa’diyev sahnada va ekranda bir qator esda qolarli rollar ijro etdi. Jumladan, "Ta’ziyadagi to‘y", "Uchar otlar", "Oyqiz ertagi", “Arosat”, “Shaytanat”, “Chashma”, "Yo‘qolgan odam", "To‘ylar muborak", “O‘tov”, "Iblis devori" kabi filmlardagi roli o‘zbek xalqiga yaxshi tanish.
LiveBarchasi