Prezident Qo‘ng‘irotboy Sharipovga qanday talab qo‘yganini ochiqladi

Jamiyat

image

Ma’lumki, joriy yilning 2 fevral kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgan Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Sharipov Prezident farmoni bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun, 5  fevral kuni o‘tkazilayotgan 2024 yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida yangi vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipovga qanday talablar qo‘yilgani ochiqlandi. 

Yig‘ilishda davlat rahbari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga ham e’tiroz bildirdi.

Qayd etilishicha, professional ta’lim uchun mas’ul idoralar ko‘payib ketgani uchun tizim rivojlanmayapti. Ish beruvchilar va texnikumlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarur.

Oliy ta’limda qamrov keskin oshdi, sohaga xususiy sektor kirib keldi. Lekin sifatga yetarli e’tibor qaratilmayapti.

Masalan, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan. Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham ish beruvchilar talabi bilan hisoblashmaydi. Ayrimlarida darslik va adabiyotlar yetishmaydi, bori ham bugungi talablarga javob bermaydi. 

Ilm-fan va innovatsiyalarga yetti yilda 6 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi. Lekin ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula ishlamayotgani qayd etildi.

Umuman, ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar bo‘yicha yangi vazir tayinlanib, uning oldiga professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarish qilish vazifasi qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qo'ng'irotboy Sharipov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing