Prezident qonuniylikni buzgan sudyani lavozimidan oldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 25 mart kuni imzolangan F-34-sonli farmoyishi bilan Abdullo Sadulloyevich Allayev sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Buxoro viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sudyalar Oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Abdullo Allayev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida ishlagan.

Mazkur farmoyish bilan yozma arizasiga binoan hamda odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida  qonuniylikni buzgani uchun  Suxandiyor Gadoyevich Ro‘ziyev Buxoro viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.

Avvalroq, mas’uliyatsizligi va faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun 5 nafar sudya intizomiy jazoga tortilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

521

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing