Prezident qaroriga ko‘ra bir nechta ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasi tashkil etildi

Jamiyat

image

Avvalroq xabar qilganimizdek, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan quyidagilar negizida Respublika o‘g‘il bolalar hamda Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi tashkil etildi:

•    Baxt shahridagi o‘g‘il bolalar maxsus kolleji;
•    Qo‘qon shahridagi maxsus yengil sanoat kolleji;
•    Samarqand shahridagi 64-sonli o‘g‘il bolalar maktab-internati;
•    Chinoz tumanidagi 5-sonli qiz bolalar maktab-internati.

Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi Milliy gvardiyaga, Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi Ichki ishlar vazirligiga  biriktirildi.

•    Respublika o‘quv-tarbiya muassasalariga 14 yoshga to‘lgan va 18 yoshdan oshmagan quyidagi voyaga yetmaganlar sud qarori asosida joylashtiriladi:
•    ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmagan;
•    aybliligi to‘g‘risidagi masala hal qilinmay turib jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan;
•    Respublika o‘quv-tarbiya muassasalariga joylashtirish tariqasidagi majburlov chorasi qo‘llanilgan holda jinoiy jazodan ozod qilingan;
•    profilaktika ishi olib borilayotganligiga qaramay huquqbuzarliklarni davom ettirayotganlar.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori

Baholaganlar

16

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing