Prezident qarori: shahar ko‘chalarini qurish va ta’mirlashda unga tutash hududlar ham majburiy obodonlashtiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi punktlarini obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi obodonlashtirish sohasidagi muammolarni o‘rganish va metodologik ta’minlashga mas’ul organ etib belgilandi.

Qaror bilan 2019–2020 yillarda obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. “Yo‘l xaritasi” doirasida “Odamlar uchun shahar”, “Yashil shahar”, “Shahar bog‘” modellari qo‘llanilib hududlar obodonlashtiriladi.

2020 yil 1 yanvardan obodonlashtirish xodimlariga bir qator ustamalar to‘lanadi. Jumladan, obodonlashtirish bo‘linmalari xodimlariga ovqatlanish uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida kompensatsiya belgilanadi.

Qarorga muvofiq, “Obod hudud” axborot tizimi ishga tushiriladi.

2020 yil 1 yanvardan shahar ko‘chalarini qurish va ta’mirlashda unga tutash hududlar ham majburiy obodonlashtiriladi.

Toshkent shahrida eksperiment tariqasida jarayonlarni boshqarish va avtomatlashtirishning zamonaviy tizimlari joriy etiladi.

2019 yil 1 oktyabrdan yuridik va jismoniy shaxslar o‘ziga biriktirilgan hududni obodonlashtirish uchun mas’ul hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror obodonlashtirish uy-joy

Baholaganlar

19

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing