Prezident qarori bilan Jel koni gaziga oid ikkita bitim tasdiqlandi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi va “Gazprom EP International B.V.” (Niderlandiya) o‘rtasida Ustyurt mintaqasidagi Jel koni bo‘yicha imzolangan mahsulot taqsimotiga oid Bitim va 1-son Qo‘shimcha bitim tasdiqlanadi.

Bitimda qonunchilikda belgilangan me’yorlardan tashqari quyidagi kabi shartlar nazarda tutilgan:

•    kompensatsiya mahsulotining cheklangan darajasi 75 foiz;

•    foyda solig‘ining stavkasi 12 foiz;

•    investorning qoplanishi shart bo‘lgan harajatlarining qoplanmagan qismi uchun yillik moliyalashtirish stavkasi 8 foiz;

•    investor tomonidan o‘z huquq va majburiyatlarini uning “Gazprom zarubejneftgaz” AJ sho‘’ba kompaniyasiga topshirish imkoniyati;

•    Bitimni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ funksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga o‘tkazish v.h.

Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

•    Bitimda ko‘zda tutilgan soliq va bojxona to‘lovlarini to‘lash tartibi Bitimning butun amal qilish davrida o‘z kuchini saqlab qoladi;

•    investorga taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalar operatorga ham tatbiq etiladi;

•    “O‘zbekneftgaz” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar bitimning amal qilish davrida investorga foydalanishga beriladigan mol-mulklar uchun mol-mulk solig‘i to‘lashdan ozod etiladi;

•    Bitim imzolangandan keyin O‘zbekiston qonunchiligiga bitim shartlarini yomonlashtiradigan o‘zgartirishlar kiritilganda bitim shartlari o‘z kuchida qoladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

13

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing