Prezident qarori: Benzin narxi oshirilmaydigan bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avval xabar berganimizdek, 1 martdan O‘zbekistonda benzin narxi oshishi haqida “O‘zbekneftgaz” ma’lum qilgan edi. Prezident qarori bilan benzin narxi joriy yilning 31 dekabriga qadar avvalgi narxida qoldiriladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Gap shundaki, Prezident qarori bilan joriy etilgan va 2022 yil 10 dekabrdan boshlab amal qilayotgan AI-80 rusumli avtobenzin uchun aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llashning amal qilish muddati ertaga, 2023 yil 1 mart kuni yakuniga yetishi kerak edi.

Davlat rahbari tomonidan bugun imzolangan qarorga muvofiq, iste’molchilarning neft mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish hamda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llash muddati 2023 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing