Prezident islomiy banklar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda rasman islomiy banklar faoliyatining huquqiy asoslari belgilandi. Bu haqda kecha, 27 mart kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu qonun Markaziy bank tomonidan mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan birgalikda sohaga oid xalqaro standartlar hamda ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.

Qonun bilan Soliq va Fuqarolik kodekslari hamda 7 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Xususan, ushbu qonun bilan:

  • qonunchilikka islomiy bank faoliyati, islomiy moliya operatsiyalari, islomiy moliya standartlari hamda investitsiyaviy omonat (depozit) tushunchalari kiritilmoqda;
  • islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya joriy qilinib, mazkur litsenziyani olish bo‘yicha aniq talablar o‘rnatilmoqda;
  • islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega banklar tomonidan amalga oshiriladigan islomiy moliya operatsiyalari ro‘yxati keltirilmoqda;
  • islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarga bevosita savdo faoliyatini amalga oshirishga hamda yuridik shaxslarni tashkil etish va yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi ulushlarni yoki aksiyalarni cheklovlarsiz olishga ruxsat berilmoqda;
  • islomiy moliya faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Markaziy bank va banklarda islomiy moliya kengashini tashkil etish hamda uning faoliyatiga doir talablar belgilanmoqda.
  • Bundan tashqari, islomiy moliya operatsiyalariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari belgilab berilmoqda.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq cohada tizimli boshqaruvni ta’minlash maqsadida Markaziy bank huzurida Islomiy moliya kengashi tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

islomiy moliya islomiy banklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing