Prezident ikki vazirlik va ikki qo‘mita rahbarlarini qat’iy ogohlantirdi

Jamiyat

image

Bugun, 19 sentyabr kuni Prezident raisligidagi turizmni rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda Turizm vaziri Aziz Abduhakimov, Moliya vaziri Timur Ishmetov, Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev va Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov qat’iy ogohlantirildi. 

Yig‘ilishda “Duty free” va “tax free” tizimlarini joriy etish bo‘yicha qaror imzolanganidan 3 yil o‘tganiga qaramay, bu borada sustkashliklarga yo‘l qo‘yilayotgani tanqid qilingan.

Turizm vaziri, Moliya vaziri, Soliq qo‘mitasi raisi va Bojxona qo‘mitasi raisi A qat’iy ogohlantirilgan. Ushbu tizim 2023 yil 1 yanvardan to‘liq ishga tushishi shart ekani ta’kidlangan.

Avvalroq Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimovga hayfsan berilgani va 14 tuman hokimi ishdan olingani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

726

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing