Prezident ikki davlatga safarini yakunlab Toshkentga qaytib keldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDHga a’zo mamlakatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etib, Toshkentga qaytib keldi.

Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 17 dekabr kuni Yaponiyaga rasmiy tashrif bilan jo‘nab ketgandi. Prezident Yaponiyaning Nagoya va Tokio shaharlarida bo‘ldi.

Nagoyada prefektura gubernatori, shahar meri, shu nomdagi universitet rahbari va Nobel mukofoti sovrindorlari bilan uchrashdi. Shuningdek, Nagoyadagi o‘zbekistonlik talabalar bilan ham ko‘rishdi. Nagoya universitetida Shavkat Mirziyoyevga faxriy doktor unvoni berildi.

Prezident Tokioda Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vazir Sindzo Abe, parlament rahbarlari va hukumat a’zolari, Yaponiya biznesining yetakchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bosh vazir Sindzo Abe va imperator Naruxito Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi sharafiga qabul marosimi tashkillashtirdi.

Davlat rahbari Yaponiyadan to‘g‘ri Sankt-Peterburgga yo‘l olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev MDH O'zbekiston-Yaponiya

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing