Prezident IIBB boshlig‘i va shahar prokuroriga hayfsan berdi
Jamiyat
−
27 yanvar 6198 2 daqiqa
Jinoyatlarni fosh qilish va oldini olish o‘rniga Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Ravshan Sultonxo‘jayev, Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi Anvar O‘rmonov faqat mikroavtobusda shahar aylanish bilan band. Bu haqda bugun, 27 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.
Prezidentga ko‘ra, Toshkent shahar ichki ishlar tizimidagi tergovchi va surishtiruvchilar faoliyatida sifat yo‘q. Masalan, xodimlarda malaka yetishmagani uchun o‘tgan yili 833 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilmay, hisobdan yashirilgan.
“Shaharda jinoyatchilik 2 mingtaga kamaytirildi” deb hisobot berilgani bilan poytaxtdagi 26 ta mahalla “qizil”, 465 tasi “sariq” toifada qolgan.
Respublikadagi 208 ta tuman ichida Chilonzor oilaviy zo‘ravonlik, talonchilik, bezorilik bo‘yicha, Yunusobod bosqinchilik bo‘yicha birinchi o‘rinda. Yoki o‘tgan yili Yashnobod va Mirobodda qotillik, Olmazorda tan jarohati, Shayxontohurda talonchilik holatlari eng ko‘p bo‘lgan.
Shu bois, yaqinda ushbu tumanlar Ichki ishlar boshliqlarining barchasi yangi qo‘yilgan. Ular tashabbus qilib, hududida jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha keskin o‘zgarish qilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Jinoyatlarni fosh qilish va oldini olish o‘rniga Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Ravshan Sultonxo‘jayev, Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi Anvar O‘rmonov faqat mikroavtobusda shahar aylanish bilan bandligi tanqid qilingan.
Ravshan Sultonxo‘jayev va Anvar O‘rmonovga hayfsan berilib, olti oylik sinov muddati tayinlanishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasida o‘tkazilayotgan videoselektr yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev huquq-tartibot idoralari rahbarlari respublikaga namuna bo‘lmayotganini aytgandi.
Live
Barchasi