Prezident grafigi: Shavkat Mirziyoyev joriy haftada xalqaro sammitda nutq so‘zlaydi
Jamiyat
−
24 may 2021
4229O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy haftada Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida o‘tadigan xalqaro sammitda ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
30 may kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida videoanjuman shaklida o‘tadigan 2030 yilga qadar "yashil" taraqqiyot va global maqsadlar uchun sheriklik Ikkinchi xalqaro sammitida Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlaydi.
Prezidentning yangi haftadagi ish grafigiga, shuningdek, quyidagilar kiritilgan:
• Olis va chekka hududlarda maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish bo‘yicha taqdimot;
• "O‘zagrohimoya" AJ tizimini isloh qilishga doir yig‘ilish;
• Hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oshirish, ko‘p kvartirali uy-joylar massivlarini barpo etish, infratuzilma bilan ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi;
• Barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish dasturi ijrosini samarali ta’minlash yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish.
Shu bilan birga, Sherzod Asadov O‘zbekiston kelgusi yilda bo‘lib o‘tadigan "Yashil" taraqqiyot va 2030 yilga qadar global maqsadlar uchun sheriklik xalqaro sammitida faol ishtirok etishini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi