Prezident GESning ikkinchi blogini ishga tushirdi

Olam

image

Bugun,  9-sentyabr kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Rog‘un GESning ikkinchi blokini ishga tushirdi. Bu haqda “Avesta” xabar bermoqda.

Ikkinchi blokning tantanali ishga tushirilishi respublikaning davlat mustaqilligining 28 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan. Blok sinov rejimida  shu yilning iyun oyidan ishlay boshlagandi.

Marosimda so‘zga chiqqan Prezident, respublikaning energiya mustaqilligini ta’minlashda hukumat barcha resurs va imkoniyatlarni safarbar etishini ta’kidladi.

Ayni paytda ushbu sohada umumiy qiymati 16 milliard somoniy (1,6 milliard dollar) ga teng 12 ta davlat investitsiya loyiha amalga oshirilmoqda, shundan 7,6 milliard (784 million dollar) allaqachon to‘langan. 

Shuningdek, Nurek, Qayroqqum va Sarband elektr stansiyalarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha bir qator sarmoyaviy bitimlar imzolandi.


Maqola muallifi

Teglar

GES loyiha

Baholaganlar

53

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing