Nur Sultonda Chingiz Aytmatov va Manas haykallari o‘rnatiladi

Olam

image

Qozog‘iston poytaxti hokimiyati eng mashhur doston qahramoni - Manas haykali uchun yer uchastkasi ajratadi. Bu haqda “Kaktus media” xabar bermoqda. 

Bundan tashqari, shaharda yozuvchi Chingiz Aytmatov haykali o‘rnatiladigan hududni ro‘yxatga olish ishlari yakunlanmoqda. Bu mavzu bir kun oldin Qirg‘iziston Respublikasining Qozog‘istondagi elchisi Jeenbek Kulubayevning Nur-Sulton hokimi Oltoy Kulginov bilan muzokaralari chog‘ida muhokama qilingan. 

Tomonlar, shuningdek, ikki respublika poytaxtlari hokimiyatlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini ham muhokama qilgan. Qirg‘iziston elchisi Bishkekning Nur-Sulton munitsipaliteti bilan tajriba almashishdan manfaatdorligini bildirib, ekspertlar va Bishkek shahar meriyasi rahbariyati va Qozog‘iston poytaxti ma’muriyati darajasida o‘zaro tashriflarni tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

Oltoy Kulginov Qirg‘iziston poytaxti meriyasi bilan sheriklik aloqalarini o‘rnatishga, shuningdek, o‘zaro sarmoyalarni jalb qilish va odamlar hayotini yaxshilashga qaratilgan texnologiyalar almashishga qiziqish bildirdi.

  


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Nursulton Beshkek

Baholaganlar

5

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing