Sandiq ochildi! Qozog‘istonda Prezident saylovi yakunlandi
Olam
−
09 iyun 2019
8258Tonggi soat 6:00 da boshlangan saylovlar 9 iyun soat 20:00 da yakuniga yetdi. Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi xabariga ko‘ra, ushbu saylovlarda mamlakat aholisining 77 foizi ishtirok etdi.
Hududlarda ovoz berganlar soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Olma-Ota (89 foiz) va Sharqiy Qozog‘iston viloyatlarida (84,5 foiz) qayd etilgan. Olma-Ota shahri (52,2 foiz) va poytaxt Nur-Sultonda (68,3 foiz) saylovchilar borasida eng past ko‘rsatkich qayd etilgan.
Bundan avvalroq, Prezident saylovlari kutilmaganda mitinglarga ulanib ketgani va Olma-ota va Nur-Sulton shaharlarida aholi noroziligi kelib chiqib, miting uyushtirilgani haqida xabar bergan edik.
Qozog‘istonda ruxsat berilmagan mitinglarda ishtirok etgani uchun 100 dan ortiq fuqaro qo‘lga olindi. Namoyishchilarga ko‘ra, saylov adolatsiz va demokratiya tamoyillariga zid tarzda o‘tkazilmoqda. Shu sababdan mitinglar bo‘lib o‘tdi.
LiveBarchasi