Prezident elektr energiyasi quvvatlarini oshirishga ko‘rsatma berdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun, 3 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raligida 2021 yil I yarim yilligida iqtisodiy rivojlanish yakunlari hamda har bir tarmoq va hududda uchinchi chorak va yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Davlat rahbari yig‘ilishda avtomobilsozlik, energetika, kimyo sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, to‘qimachilik, charm sanoati, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, jumladan, kartoshkachilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, paxtachilik, g‘allachilik, chorvachilik, parrandachilik, oziq-ovqat sanoati, xizmat ko‘rsatish, tadbirkorlik sohalarini rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.

Yirik tarmoq sanoat korxonalarida 86 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish, elektr energiyasi generatsiya quvvatlarini 1 ming 800 megavattga oshirish, yirik mahalliy sanoat korxonalarida 60 trillion so‘mlik yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish, to‘qimachilikda 15,3 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va 1,7 milliard dollarlik eksportni ta’minlash, 3,5 million tonna paxta yetishtirish, 1,5 million tonna go‘sht, 6,5 million tonna sut ishlab chiqarish, 1 ming 113 ta mahallani jamoat transporti bilan qamrab olish, yillik inflyatsiya darajasini prognoz ko‘rsatkichlari - 10 foiz doirasida bo‘lishini ta’minlash shular jumlasidan.

Ayni paytda Bosh vazir o‘rinbosarlari, tarmoq va hududlar rahbarlari kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisobot bermoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing