Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
21 Oktabr 2020
9009Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Saidahmad Sultonov tayinlandi.
Saidahmad Sultonov 1976 yili Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1998 yili Namangan muhandislik-iktisodiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-texnolog.
Mehnat faoliyatini 1998 yilda Namangan tumani davlat kadastri bo‘limi yetakchi mutaxassisi vazifasidan boshlagan. 2001—2018 yillar davomida viloyat va Namangan shahar kadastr korxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.
2012—2018 yillarda Namangan shahar hokimining o‘rinbosari bo‘lgan.
Saidahmad Sultonov 2018 yildan buyon Namangan viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
LiveBarchasi