Prezident ekologiya va daraxtlar muhofazasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazadi
Jamiyat
−
24 avgust 2021
4657Bugun, 24 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ekologik holatga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Yig‘lishda O‘zbekistondagi ekologik holatni yaxshilash, daraxtlar muhofazasini samarali tashkil etish va yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning joriy haftadagi ish grafigidan bundan tashqari, Olimpiya zaxirasini yaratish yuzasidan videoselektor o‘tkazish, Toshkent shahrida atrof-muhit muhofazasiga oid amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishuv, yangi xorijiy elchilarga joriy yilning 27 avgust kuni ishonch yorliqlari topshirish marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.