Prezident DXX akademiyasi qurilishini ko‘zdan kechirdi

Jamiyat

image

Bugun, 16 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi va Temurbeklar maktabining qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Maktab uchun o‘quv korpusi, yotoqxona, oshxona barpo etilmoqda, akademiyaning mavjud binolari rekonstruksiya qilinmoqda. Majmuada, shuningdek, jismoniy-harbiy mashg‘ulotlar maydoni, stadion, avtodrom, plats va boshqa ob’ektlar bo‘ladi.

Temurbeklar maktabi tarix fani va xorijiy tillarga ixtisoslashgan bo‘lib, unda 200 nafar yosh saboq oladi.

Shu yerda mazkur ta’lim maskaniga bolalarni saralash va o‘qitish tizimi haqida ma’lumot berildi. Davlatimiz rahbari yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘quvchilarga yurtimiz tarixi va o‘zbek tilini chuqur o‘rgatish, darslarga har bir fan bo‘yicha yetakchi pedagoglarni jalb etish muhimligini ta’kidladi.

1


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

476

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing