Prezident bugun davlat aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi
Jamiyat
−
01 iyul 2021
3314Bugun, 1 iyul kuni Prezident Shavkat Miriyoyev raisligida davlat aktivlarini xususiylashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar bedi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning aprel O‘zbekiston Respublikasi sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining “Markaziy binosi” ommaviy savdolarga chiqarilgandi. Davlat aktivini sotish ikki bosqichda o‘tkazilishi belgilandi.
Bunda birinchi bosqichda — talabgorlar oldindan saralanadi, jumladan, savdolarda qatnashish uchun talab qilingan hujjatlarning to‘liqligi, garov (zaklad) puli kelib tushgani, davlat aktividan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabga nisbatan talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi ko‘rib chiqiladi. Ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.
Keyinchalik Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahri markazida joylashgan sobiq bosh binosi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘g‘li Doniyor Komilovga tegishli “METROPOL GROUP” MCHJ tomonidan sotib olingani ma’lum bo‘ldi.
Doniyor Komilov O‘zbekistondagi “Metropol Group” MCHJdan tashqari, Rossiyadagi “Selena” va “KTS” MCHJlarning ham ta’sischisi hisoblanadi.
LiveBarchasi