Prezident bu hafta nimalar bilan band bo‘ladi?
Jamiyat
−
31 yanvar 2022
7906Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy haftaga mo‘ljallangan ish rejasi ma’lum qilindi. Ish rejada qator tadbirlar ko‘zda tutilgan.
Xususan, taqdimot va yig‘ilishlarda investitsiya sohasi, hududlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, boshqaruv kompaniyalari faoliyatini takomillashtirish, hududlardagi ekologik holatni yaxshilash va boshqa masalalarni muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
Hafta yakunida davlat rahbari Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan Pekin shahridagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar